
- O'yin biz kutgandek bo'ldi. Shunga yarasha yuqori darajada tayyorlandik. Agressiv o'yin bo'ldi. "Nasaf" har doim chiroyli o'yin ko'rsatadi. Ularning o'z madaniyati, o'yin uslubi bor. O'zbekistonda har doim yuqori darajada bo'lib turadigan jamoaning borligi, yoqimli. Bugun ham shunday bahs bo'ldi. Vaziyatlarni hisobga olsak, o'yin teng o'tdi. Chunki ikkala jamoa yaxshi vaziyatlar yaratdi. Bunday uchrashuvlarni bitta xato yoki supergol hal qilardi. Biroq bunday bo'lmadi. Shu sababli o'yin 0:0ga mos o'tdi.
- O'yin sifatidan mamnunmisiz?
- Ha. Ayni damda "Nasaf" yaxshi holatda. So'nggi oylarda jamoa buni ko'rsatmoqda. O'z navbatida bizda ham shunday. Lekin har doim jamoani yanada yaxshilash kerakligini tushunib etaverasan. Kamchiliklar ustida ishlaymiz. Mavsum shu bilan yakunlanmaydi. Bugun biz vaziyatni yakunlashda biroz oqsadik. O'yinni biz nazorat qildik, desak ham bo'ladi. Lekin ishni hal qila olmadik.
- "Nasaf" uch kun oldin OCHLda o'yin o'tkazdi. Raqibda bosim bor edi va shu sababdan biroz yopiqroq o'yin bo'ldi, deb hisoblaysizmi? Uch kundan keyin "Lokomotiv"ning "Neftchi"ga qarshi o'yini bor va jamoa shu uchun kuch asradi, desak ham bo'ladimi?
- Sen o'yinga uch kundan keyin ham tayyor emasmisan, desak, nimanidir noto'g'ri qilyapsan. Menimcha 3 kun - standart tayyorlanish uchun etarli. Ushbu mavsumda deyarli 3 kunda o'yin o'tkazgan paytlarimiz ko'p bo'ldi. O'yinni yuqori tempda o'tkazasan va kuch to'plash uchun uch kun vaqt bo'ladi. Ko'p joylarda mavsum davomida har uch kunda o'yin o'tkazishadi. Bizda hozircha bunday emas. Aksincha, men uchun bu yaxshi.
- "Lokomotiv" matbuot xizmati asosiy tarkibni e'lon qilganida biz 5 himoyachini ko'rgandik. Biroq jamoa o'yinni to'liq 4 himoyachi bilan o'tkazdi va ayrim vaziyatlarda, hatto, uch kishi bo'lib ham o'ynashdi.
- Aslida bunday narsalar raqibning himoya va hujumda qanday o'ynashiga qarab belgilanadi. "Nasaf" 5 himoyachi bo'lib o'ynamaganidan keyin bizning o'zimiz tezkorlik bilan o'zgartirishlar kiritdik. Biz hujumlar orqali kengroq o'ynamoqchi edik va komissardan tarkibga o'zgartirish kiritishni so'raganimizda, endi kychligini aytishdi. Chunki asosiy tarkibdan tushirib qoldirilgan futbolchini zaxiradan maydonga tushirib bo'lmas ekan. Demak, biz o'zgarish qilib bo'lgan bo'larkanmiz. Biz o'yinni rejamizdagidek boshlay olmadik, desak ham bo'ladi.
- Barcha jurnalistlar jamoalardan mavsumdagi vazifalar haqida so'rashni yaxshi ko'rishadi. Mavsum boshidagi gap-so'zlardan keyin ayni damdagi turnir jadvalidagi holatga qarab, balki, kuchli to'rtlik yoki beshlikka kirish uchun ishtiyoq ham kuchaygandir. Ayrimlar yosh futbolchilarni kashf qilishni istaymiz desa, kimlardir o'yin sifatini muhim o'rinda ko'rsatadi.
- Ha, bu borada ko'plab jihatlar bor. Ko'plab jamoalarda hozir iqtidorli futbolchilar ko'p. Mavsum davomida ishlar ekansan, nimalarni izlayotganingni sekin-sekin bilib borasan. Balki klub sifatida to'g'ri ishlayapman, deb o'ylashing ham mumkin. Lekin eng asosiysi - bu yerda mahsulot bor, iqtidor bor. Osiyoda iqtidorlar juda ko'p. Biz bu borada ham yaxshilanish borasida ko'p ishlayapmiz. Jamoaning bugungi kuni, klubning o'tmishi va hokazolar ham juda muhim va barcha tomondan ishlashni davom ettiraverish kerak. Har doim ham sen o'ylagandek bo'lavermaydi va shu boisdan qaerlardadir yaxshilanish bo'laverishi kerak. Kamchilikning bori yaxshi, chunki sen buning ustida ishlashing kerak bo'ladi. O'yinlar bo'lavergani sari esa shu kamchiliklar yuzaga chiqadi. Agarda buni vaqtida to'g'rilamasak, ishlar yomonlashib ketadi. Shunda bazaviy futbol kelib chiqadi. Bu yerda esa futbolchilarning sifati orqali istalgancha tajribalar qilib ko'rsa bo'ladi. Murabbiy sifatida bu barchaga maqul keladi.