
- Zayniddin aka, “Sho'rtan” jamoasi 2:1 hisobida mag'lub etildi. Uchrashuv haqidagi fikrlaringiz...
- “Sho'rtan”ni o'rganib chiqqandik. Yana bir bor bolalarga takrorladik: yakkakurashlarda taslim bo'lmasak, barchasi o'z qo'limizda bo'ladi. Birinchi gol o'tkazib yuborilgan vaziyatga keladigan bo'lsak, texnik xatoga yo'l qo'yildi. Har safar aytganimdek, koncentraciya yo'qolishi kuzatildi. Lekin o'yin davomida anchagina vaziyat yaratdik. Bugun bolalarimning harakatidan juda xursandman. Ularni g'alaba bilan tabriklayman, “Sho'rtan” jamoasiga esa omad tilayman.
- Zayniddin aka, ikkinchi taymda maydon markazi ancha bo'shashib qolgandek tuyuldi. Shu bo'yicha nima deya olasiz?
- Misol uchun, baribir oldinda keyingi o'yinlarimiz ham bor, shuning uchun tarkibda rotaciyalar qildik. Masalan, Ozodbek Ibodullaevni va Umidjon Turg'unovni maydonga tushirmadik. Mirqodirovga birinchi taymdan keyin dam berdik, chunki oldinda turgan o'yinlar tayyorgarligini o'ylab shunday qarorga keldik. Maydonga tushgan Prisyajnyuk o'yinni buzib qo'ygani yo'q, juda zo'r harakat qildi. O'yinga qo'shilib, 80 foizga o'yinni kuchaytirishga erishdi.
- Abdurahmon Abdullaevda jarohat bormi, keyingi o'yinda safga qaytadimi?
- Xudo xohlasa, jarohatidan qutulib, asosiy guruhga qo'shildi. Nasib etsa, keyingi "Navbahor" bilan uchrashuvda safga qaytadi.