iks
ads

Superliga. "Bunyodkor" – "So'g'diyona" 0:1 (matnli translyatsiya)

  • Mr.NoBoDy 16.10.2026 20:08
  • 654
  • 30

Superliga 24-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "So'g'diyona" uchrashuvi boshlandi.

Superliga, 24-tur

“Bunyodkor” – “So'g'diyona” 0:1 LIVE

Hakamlar: Nayim Qosimov, Elnur Doniyorov, Farhod Usmonov, Nurken Urazbaev

VAR: Firdavs Norsafarov

AVAR: Kristina Sereda

Nazoratchi: Vadim Agishev

Komissar: Qudrat Madraimov

Gol: Samandarjon Mavlonqulov 0:1, - 28 (J.Qahramonov).

"Bunyodkor": 1.Abdumavlon Abdujalilov, 3.Sardor Rahmonov (74.Ivan Bukrin, 32), 8.Dmitriy Pletnyov, 10.Amir To'raqulov, 11.Sardor Abdunabiev, 13.Muhammad Hakimov, 14.Shahzodjon Nematjonov, 18.Narimonjon Ahmadjonov, 21.Nosirjon Abdusalomov, 45.Shamsiddin Tursunmahammadov, 66.Azizbek To'lqunbekov.

Zaxira: 16.Federiko Botti, 9.Matiya Krivokapich, 17.Muzaffar Olimjonov, 27.Islom Anvarov, 33.Eldor Naimov, 42.Abdulhamid Ikromov, 44.Alijon Bekmurodov, 88.Mirkamol Annamatov.

“So'g'diyona”: 27.Milan Mitrovich, 2.Zoir Jo'raboev, 3.Islomjon Qobilov, 4.Behruz Jumatov, 9.Zenan Zaymovich (8.Jamshid Boltaboev, 46), 10.Javohir Qahramonov, 13.Filip Ivanovich, 14.Lyupcho Doriev, 17.Ollobergan Karimov, 28.Samandarjon Mavlonqulov, 32.Nodirjon Soyibov.

Zaxira: 74.Bayram Najafaliev, 7.Petar Michin, 15.Xondamir Mustafoqulov, 19.Zabihillo O'rinboev, 22.Abdulazizxon Abdurashidov, 29.Amirbek Saidov, 50.Shohruz Kamolov, 77.Oybek Nurmatov.

Ogohlantirishlar: Dmitriy Pletnev 18,

MATNLI TRANSLYATSIYA

46. Ikkinchi taym boshlandi

46. O'zgarish. “So'g'diyona“. Zaymovich o'rniga Boltaboev tushdi

45+2. Birinchi taym tugadi, hozircha 0:1

45+2. ZARBAAA! To'raqulov jarimadan to'pni darvozaga yo'lladi, Bukrin to'pga etganida hisob o'zgarishi mumkin edi

45+1. Ivanovich Nematjonovni yiqitdi, jarima to'pi

45. Birinchi taymga 2 daqiqa qo'shildi

42. Zarba! Qahramonovning zarbasi o'ta noaniq ketdi

37. Zarba. To'raqulovning jarima maydoni ichidan tepgan to'pi himoyachiga tegib maydonni tark etdi

32. O'zgarish. “Bunyodkor“. Sardor Rahmonov o'rniga Ivan Bukrin tushdi

28. GOL! SAMANDARJON MAVLONQULOV! O'ng qanotdan Qahramonov uzatib bergan to'pni Mavlonqulov boshi bilan darvozaga yo'lladi - 0:1.

24. Zarba! Nosir Abdusalomovning zarbasi noaniq ketdi

20. GOL! Shahzod Nematjonov gol urdi, ammo qanot hakami ofsayd qayd etdi

19. ZARBAAAA! QANDAY SEYV! Mavlonqulovning zarbasini Zaymovich boshi bilan darvozaga yo'lladi, Abdumavlon Abdujalilovdan superseyv!

18. Ogohlantirish. “Bunyodkor“. Dmitriy Pletnev

14. Zarba! To'lqunbekovning zarbasi yo'liga Ivanovich to'g'anoq bo'ldi

11. Zarba! Amir To'raqulovning zarbasi ancha noaniq ketdi

1. Zarba. Ollobergan Karimovning darvozaga yo'llagan zarbasi noaniq ketdi

1. O'YIN BOSHLANDI!

- O'yin soat 19:00da boshlanadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar