iks
ads

Sautgeyt futbolga bo'lgan mehrini yo'qotganini tan oldi: "APLda ishlash? Bu sodir bo'ladi deb o'ylamayman"

  • Mr.NoBoDy 16.10.2026 19:48
  • 424
  • 30

Angliya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Garet Sautgeyt murabbiylik faoliyatiga qaytish haqidagi savolga javob berdi.

Sautgeyt boshqaruvida Angliya terma jamoasi 2020 va 2024 yillarda ikki bor Yevropa chempionati finaliga qadar yetib borgan.

"APLda ishlash? Hozirning o'zida bu narsa amalga oshadi deb o'ylamayman. Bunday ssenariyni ko'rmayapman. Angliya terma jamoasidagi faoliyatim yakuniga yaqin futboldan endi zavq olmay qo'ygandim. Bu jarayonga faqat g'alabalar uchungina bog'lanib qolgandim. Biroq yakunda g'alabalar meni faqatgina final hushtagi chalingan zahoti quvontirardi xolos.

Futbolni ancha kam tomosha qilyapman. Angliya Kubogi finaliga tashrif buyurdim va u yerda "Kristal Pelas" o'zining ilk sovrinini qanday qo'lga kiritganini ko'rdim. Shundan beri stadionga boshqa umuman bormadim. Futbolda ishlash istagim sezilarli darajada o'zgardi", – dedi Sautgeyt.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar