iks
ads

Bellingemning maoshi oshadi: "Real" ingliz yulduzi bilan muzokaralarni yakunlamoqda

  • Mr.NoBoDy 16.10.2026 19:24
  • 591
  • 30

"Real" yaqin vaqt ichida yarim himoyachi Jud Bellingem bilan yangi shartnoma imzolashga umid qilmoqda.

“Diario AS“ ma'lumotlariga qaraganda, kelishuvni uzaytirish bo'yicha muzokaralar muvaffaqiyatli ketmoqda va tomonlar 2031 yilning yoziga qadar mo'ljallangan bitimga yaqin turishibdi.

Angliyalik xavbekning Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028/29 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi, yani yangi bitim unga yana 2 yil qo'shadi. Mavjud ma'lumotlarga ko'ra, kelishuv muddatini uzaytirishdan tashqari, futbolchi jamoa o'yinidagi ahamiyati va ta’siriga mos ravishda maoshi oshirilishini ham kutmoqda. "Real" yoki futbolchining o'zi tomonidan hozircha rasmiy e'lon berilmadi.

Bellingem Madrid klubiga 2023 yilning yozida Dortmundning "Borussiya"sidan 103 million evro evaziga o'tgandi. Kelishuvga transfer summasining 30 foizigacha bo'lgan bonuslar ham kiritilgan.

23 yoshli Bellingem joriy mavsum 10 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli pas uzatdi. Transfermarkt portali futbolchini 160 million evroga baholamoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar