iks
ads

Venger FIFA prezidentligiga nomzodini qo'ymaydi

  • Mr.NoBoDy 16.10.2026 13:08
  • 749
  • 30

Arsen Venger FIFA prezidenti saylovida o'z nomzodini ilgari surmaydi, deya xabar berdi “The Guardian”.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, 76 yoshli fransiyalik mutaxassisning nomzodini qo'yish g'oyasi rad etilgan. Avvalroq tashkilotning amaldagi prezidenti Janni Infantinoning muxoliflari Vengerni ehtimoliy nomzodlardan biri sifatida ko'rib chiqishgandi.

Vengyerdan tashqari, UEFA prezidenti Aleksander Cheferin, KONKAKAF rahbari Viktor Montalyani va OFK prezidenti Salmon bin Ibrohim Al Halifa ham FIFA prezidentligi uchun kurashdan bosh tortgan. Ayni paytda o'z niyatini rasman bildirgan yagona nomzod Shveytsariya milliy terma jamoasining sobiq himoyachisi Ramon Vega bo'lib turibdi.

FIFA prezidenti saylovi 2027 yil 18 mart kuni Rabotdagi kongressda bo'lib o'tadi, nomzodlardan arizalar esa 2026 yil 18 noyabrgacha qabul qilinadi.

Venger 2019 yildan beri FIFAning global futbolni rivojlantirish bo'limi rahbari lavozimida faoliyat yuritmoqda. U 1996 yildan 2018 yilgacha Londonning "Arsenal" jamoasi bosh murabbiyi bo'lgan va jamoani uch marta Angliya chempioni qilgan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar