iks
ads

"Atletiko" so'nggi daqiqalardagi gol evaziga "Alaves"ni mag'lub etdi

  • Mr.NoBoDy 10.10.2026 21:56
  • 3164
  • 30

Vitoriyadagi "Mendisorrosa" stadionida kechgan Ispaniya La Ligasining 8-tur bahsida Madrid klubi 2:1 hisobida irodali g'alabani qo'lga kiritdi.

Uchrashuvni Alexandro Kintero Gonsales boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib bordi.

Madridliklar himoyachisi Alexandro Grimaldo 33-daqiqada hisobni ochdi. Tanaffus oldidan, 45+6-daqiqada hujumchi Lukas Boye Muvozanatni tikladi. 61-daqiqada mezbonlar himoyachisi Anxel Peres maydondan chetlatildi. Bahs yakunlanishiga oz fursat qolganda, yani 87-daqiqada Kristian Romero mehmonlarga zafar keltirgan to'pni kiritdi.

“Alaves” - “Atletiko” 1:2

Gollar: Boye 45+6 - Grimaldo 33, Romero 87.

Chetlatish: Peres 61.

Ushbu muvaffaqiyatdan so'ng 19 ochko jamg'argan "Atletiko" La Liga turnir jadvalida 2-pog'onani egallab turibdi. 11 ochkoga ega "Alaves" esa 6-o'rindan joy olgan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar