iks
ads

Frenk Lempard: "Futbolchilarning g'alabalarini tortib olish qiyin - sovrinlar ularning xotirasida ham qoladi"

  • Mr.NoBoDy 09.10.2026 01:00
  • 99
  • 30

"Koventri" bosh murabbiyi Frenk Lempard "Manchester Siti"ning ehtimoliy sovrinlaridan mahrum qilinishi haqida fikr bildirdi.

Uning takidlashicha, hatto klubdan rasman sovrinlar olib qo'yilgan taqdirda ham, o'sha jamoada o'ynagan futbolchilar o'zlarini g'olib sifatida his qilishda davom etadi.

"Menda ham sovrinlar bor, ammo ular devorlarimda osilib turmaydi. Ular mening xotiramda saqlanadi.

Eng kuchli raqiblarga qarshi o'ynagan futbolchilarning aksariyati g'alaba uchun juda qattiq mehnat qilgan. Shuning uchun ularning har biridan sovrinlarni tortib olish juda qiyin, deb o'ylayman. Chunki bu sovrinlar chiroyli shisha vitrinalarda yoki boshqa joyda emas, ularning xotirasida bo'lishi kerak", - dedi Lempard.

Lempard 2014/15 yilgi mavsumda "Manchester Siti" safida bir mavsum o'tkazgan, ammo klub bilan hech qanday sovrin qo'lga kiritmagan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar