
Xalqaro futbol assosiasiyalari federasiyasi (FIFA) Lionel Messining Argentina terma jamoasidan ketishiga munosabat bildirdi. 39 yoshli hujumchi 7 oktyabr kuni milliy terma jamoa safida xayrlashuv o‘yinini o‘tkazdi. "Albiseleste" Beninni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Messi bitta gol urdi va ikkita golli uzatma berdi.
"Uchta Jahon chempionati finalida maydonga tushgan birinchi futbolchi. Lionel Messini ajoyib xalqaro faoliyati bilan tabriklaymiz!", deb yozdi FIFA o‘zining ijtimoiy tarmoq sahifasida.
Messi 2014, 2022 va 2026 yillardagi Jahon chempionati finallarida o‘ynagan. 2022 yilda Argentina terma jamoasi jahon chempioni bo‘ldi.