iks
ads

"Ishqibozlarimizdan chin dildan uzr so'rayman..." - Ilyos Zeytullaev stadionga kelgan muxlislarga murojaat qildi

  • Mr.NoBoDy 08.10.2026 22:56
  • 443
  • 30

Avvalroq, Proliga 21-turidan o'rin olgan "Kattaqo'rg'on" – "Metallurg" uchrashuvi stadionga xavfsizlik xodimlari yetib kelmagani sababli o'tkazilmagani va mezbonlarga texnik mag'lubiyat yozilgani xabar qilingan edi.

Ushbu noxush vaziyatdan so'ng, "Kattaqo'rg'on" jamoasi bosh murabbiyi Ilyos Zeytullaev tribunaga yig'ilgan ishqibozlar qarshisiga chiqib, o'zining samimiy murojaatini yo'lladi:

"Stadionga kelgan barcha muxlislarimizga - yosh bolalar va yoshi ulug' insonlarga katta rahmat aytaman. Bosh murabbiy sifatida bugun yuz bergan tashkiliy muammo uchun mas'uliyatni o'z zimmamga olaman va barchangizdan uzr so'rayman.

Keyingi safar bunday holat qaytarilmasligiga vada beramiz. Bugungi kun biz uchun katta saboq bo'ldi. Biz intizomli va o'z o'rniga ega jamoa barpo etishda davom etamiz. Sizlarning qo'llab-quvvatlovingiz bilan barchasini uddalaymiz va klub shani uchun oxirigacha kurashamiz!" - dedi jamoa ustozi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar