iks
ads

Villash-Boash Ronaldu va Jezush o'rtasidagi nizo haqida: "Murabbiyning qarorini qabul qilish kerak"

  • Mr.NoBoDy 04.10.2026 00:56
  • 942
  • 30

"Portu" klubi prezidenti Andre Villash-Boash Krishtianu Ronaldu atrofidagi mojaro bo'yicha o'z fikrini bildirdi.

- Menimcha, sodir bo'lgan voqeaga Portugaliyaning biror bir fuqarosi befarq qolmadi. Eng avvalo, murabbiyning har qanday qarori, u qanchalik asosli bo'lishidan qati nazar, uzil-kesil deb hisoblayman. Futbolchilarga bunday qarorlarni tushunish hamisha qiyin. Bazida ularni qabul qilish osonroq, bazida qiyinroq, lekin so'nggi so'z hamisha murabbiyda qoladi. Uning barcha qarorlari uzil-kesil bo'lishi kerak. Klublarda ham, terma jamoalarda ham shunday bo'lishi lozim.

Albatta, Krishtianu Ronaldu kabi miqyosdagi futbolchi mamlakat va terma jamoa uchun qilgan barcha ishlarni hisobga olganda, o'z hikoyasini bunday tarzda yakunlay olmaydi. Prezident Pedru Proensa yetakchilik qilayotgan Portugaliya futbol federatsiyasi rahbariyati yuzaga kelgan vaziyatdan chiqish yo'lini topadi, deb umid qilaman.

Butun mamlakat nega ushbu voqeani bunchalik faol muhokama qilayotgani tushunarli: deyarli hammaning reakciyasi turlicha va bu bo'yicha fikrlar juda ko'p. Lekin Ronaldu mamlakatga, terma jamoaga va o'z brendiga bergan narsalar, shuningdek, Ronaldu brendi Portugaliya uchun nimani anglatishi juda katta qiymatga ega. Vaziyat ijobiy hal bo'lishiga chin dildan umid qilaman.

Har qanday holatda ham kiyinish xonasida so'nggi so'z murabbiyda qoladi. Murabbiyning qarorlari hamisha uzil-kesil bo'lishi kerak. Futbolchi murabbiy tomonidan qabul qilingan qarorlarga, ular uning foydasiga yoki zarariga bo'lishidan qati nazar, rozi bo'lishi lozim. Klublarda ham, terma jamoalarda ham shunday bo'lishi kerak, - dedi Villash-Boash.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar