"Surxon" o'rtoqlik uchrashuvida "Paxtakor"ga imkoniyatni boy berdi
Mr.NoBoDy 03.10.2026 22:56
575
30
FIFA kunlari doirasidagi o'quv-mashg'ulot yig'inini davom ettirayotgan Termizning "Surxon" jamoasi Toshkentning "Paxtakor" klubiga qarshi navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.
Teng kurashlar ostida kechgan mazkur bahsda termizliklar 2:3 hisobida mag'lubiyatga uchradi.
Uchrashuv davomida "Surxon" tarkibida Richard Fridey hamda Mirmaqsud Mirusmonov raqib darvozasini ishg'ol qilishga muvaffaq bo'ldi.