iks
ads

Jezush: "Portugaliya terma jamoasining barcha turnirlardagi maqsadi - g'alaba. Ulardan birinchisi - Millatlar Ligasi"

  • Mr.NoBoDy 24.09.2026 18:40
  • 15407
  • 30

Portugaliya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezush Uelsga qarshi bo'lib o'tadigan Millatlar Ligasi o'yini oldidan portugaliyaliklar musobaqada g'olib chiqish niyatida ekanini ta'kidladi.

"Men dunyoning eng yaxshi futbolchilari to'p tepadigan terma jamoani boshqarmoqdaman. Barcha turnirlardagi maqsadimiz - g'alaba. Ulardan birinchisi - Millatlar Ligasi. Biz amaldagi chempionmiz, shu sababli, albatta sovrinni himoya qilishni istaymiz", – deya Jezushning so'zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.

Portugaliya – Uels uchrashuvi bugun bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da boshlanadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar