"Tottenxem” Risharlisonni sota olmadi

  • Mr.NoBoDy 12.09.2026 11:48
  • 126
  • 30

"Tottenxem" hujumchisi Risharlison joriy transfer oynasida "Vasko da Gama"ga o'ta olmaydi.

London klubi Braziliya jamoasining futbolchi transferi bo'yicha taklifini maqulladi, biroq bitimning o'zi shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha kelishmovchiliklar tufayli barbod bo'ldi.

Jurnalist Alasder Goldning xabar berishicha, 29 yoshli hujumchi Rio-de-Janeyro klubi vakillari bilan kelisha olmagan. Shu bilan birga, Braziliyadagi transfer oynasi kecha kechqurun yopildi.

Avvalroq Risharlison "Tottenxem" bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilib, boshqa jamoaga erkin agent sifatida o'tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Angliya klubi allaqachon braziliyalikni APL o'yinlari uchun ro'yxatdan chiqargan.

Ўхшаш янгиликлар