Proliga. Bugun yana uchta bahs bo'lib o'tadi

  • Mr.NoBoDy 12.09.2026 07:32
  • 578
  • 30

Bugun Proliganing 19-turidan o'rin olgan yana uchta bahs bo'lib o'tadi.

"Respublika FA" "FarDU"ni mehmon qiladi. Uchrashuv soat 16:00 da boshlanadi. Kunning ikkinchi bahsi Nukus shahrida bo'lib o'tadi. Unda "Jayxun" va "Paxtakor FM" o'zaro bahs olib boradi. Ushub to'qnashuv soat 17:00 ga belgilangan. Kunning so'nggi uchrashuvida esa "Sho'rtan" va "TerDU" o'zaro uchrashadi. O'yin soat 18:00 da boshlanadi.

"Jayxun" - "Paxtakor FM"

  • Bosh hakam: Sanjar Nazarov

  • Yordamchi hakamlar: Behruz Berdibekov, Sultonmurod Xojiev

  • Nazoratchi: Nodir Boltaev

  • Komissar: Vladimir Nazarov

"Respublika FA" - FarDU

  • Bosh hakam: Asadbek Qosimjonov

  • Yordamchi hakamlar: Rasuljon Fozilov, Otabek Mamatov

  • Nazoratchi: Mamur Saidqasimov

  • Komissar: Muhammad Sulton Fozilov

"Sho'rtan" - TerDU

  • Bosh hakam: Dias Galeev

  • Yordamchi hakamlar: Shahzod Mirsalimov, Alpamis Bayniyazov

  • Nazoratchi: Olimjon Abduvasilov

  • Komissar: Muzaffar Ismatov

Ўхшаш янгиликлар