Mourinyu "Real"da Valverde va Tchuameni o'rtasidagi mojaro qay ahvolda ekanini ma'lum qildi

  • Mr.NoBoDy 12.09.2026 08:48
  • 617
  • 30

"Real" bosh murabbiyi Joze Mourinyu jamoa yarim himoyachilari Orelen Tchuameni va Federiko Valverde o'tgan mavsumdagi mushtashuvdan so'ng ularni yarashtirishiga to'g'ri kelmaganini ma'lum qildi.

- Valverde va Tchuameni birga o'ynay olishadimi? O'tgan mavsum yakunlangach, bu haqda o'ylab ko'rdingizmi?

- Men hech narsa qilganim yo'q, hammasini ularning o'zlari qilishdi. Jamoadagi o'sha o'zaro qo'llab-quvvatlash, do'stlik, birgalikda g'alaba qozonish, birga g'alabani boy berish, zaxira o'rindig'iga jahl bilan o'tirish, lekin shu bilan birga maydonda qolayotgan sheriklarini qo'llab-quvvatlash mahorati… Valverde va Tchuameni o'rtasidagi vaziyatga aniq javob bermagan holda aytishim mumkin atrof-muhit va muhit juda ajoyib. Agar men bu vaziyat haqida hech narsa bilmaganimda, ular eng yaqin do'stlardek tuyulardi. Albatta, Orelen kelganida men ogoh holatda edim, chunki aralashib, "tinchlik vaziri"ga aylanishim kerakmi-yo'qmi, shuni tushunishim lozim edi, lekin men hech narsa qilganim yo'q. Ularning o'zlari hammasini hal qilishdi, - dedi Mourinyuning so'zlarini AS nashri.

7 may kuni mashg'ulot vaqtida yarim himoyachilar Federiko Valverde va Orelen Tchuameni o'rtasida og'zaki dahanaki jang yuz berib, u kiyinish xonasidagi mushtashuvga aylanib ketgani ma'lum bo'lgan edi. Ko'ngilsizlik oqibatida urugvaylik futbolchining boshi yorilib, shifoxonaga olib ketilgan. Ikkala o'yinchi ham 500 ming evro miqdorida jarimaga tortilgan. Mourinyu Madrid grandini o'tgan yozda boshqarishga kirishgan edi.

Ўхшаш янгиликлар