La Liga. "Barselona" mehmonda "Elche"ni tor-mor etdi

  • Mr.NoBoDy 24.08.2026 02:32
  • 161
  • 30

Ispaniya La Ligasi 2-tur doirasidagi uchrashuv yakunlandi.

"Elche" - "Barselona" 0:5

Gollar: 14, 67 - Rafinya, 45+3 - Karim Adeyemi, 71, 78 - Fermin Lopes

“Elche”: 1. Matias Dituro, 23. Viktor Chust, 22. David Affengruber, 2. Buba Sangare, 5. Federiko Redondo (6. Pedro Bigas, 81’), 8. Mark Aguado (16. Martim Netu, 64’), 12. Gonsalo Vilyar del Frayle, 11. Xerman Valera, 20. Tete Morente (21. Lukas Sepeda, 64’), 29. Ali Xuari (10. Fakundo Buonanotte, 64), 14. Fer Nino (9. Esekel Ponse, 69’).

Zaxira: 43. Alexandro Iturbe, 26. Matia Barzich, 17. Xosan, 19. Greydi Diangana, 47. Xavi Morsilo, 30. Alvaro Padilla, 36. Umaru Konare.

“Barselona”: 1. Joan Garsiya, 24. Erik Garsiya, 18. Jerard Martin, 15. Andreas Kristensen, 22. Mark Bernal (23. Jyul Kunde, 80’), 10. Lamin Yamal (17. Entoni Gordon, 65’), 7. Fermin Lopes, 11. Rafinya (2. Joau Kanselu, 80’), 6. Gavi (8. Pedri, 45’), 36. Xavi Espart, 14. Karim Adeyemi (20. Dani Olmo, 65’).

Zaxira: 13. Voycex Shensni, 31. Eder Aler, 5. Pau Kubarsi, 26. Alvaro Kortes, 29. Xamza Abdulkarim, 28. Brian Farinas, 33. Jordi Pesker.

Ogohlantirishlar: 33 - Ali Xuari

90+3. O'yin yakunlandi.

90. O'yinning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.

85. Gordonning zarbasidan so'ng to'pni darvozabon ushlab oldi.

84. So'nggi daqiqalarda barselonaliklar to'liq ustunlik qilishmoqda. Maydon egalari hech narsa qilisha olmayapti.

80. Buyog'iga “Elche” shunchaki hisobni o'zgartirmaslikka o'ynasa ham bo'ladi.

gettyimages-2291195878-2048x2048.jpg

79. GOL! Fermindan ham dubl! Espartning uzatmasidan so'ng Lopes himoyachilarni aldab, darvozani ishg'ol qildi.

76. Futbolchilar tomoqlarini xo'llab olishlari uchun qisqa tanaffus e'lon qilindi.

72. Masala hal!

gettyimages-2291195884-2048x2048.jpg

71. GOL! Fermin Lopes hisobni yiriklashtirdi! Gordon darvozabon bilan birga-bir chiqib bordi va to'pni Ferminga uzatdi, uning zarbasi aniq bo'ldi.

71. Olmoning erlatib bergan zarbasi birozgina noaniq bo'ldi.

70. Buonanottening zarbasini Garsiya qaytardi!

68. Buyog'iga vaqt kam qoldi, ulgurarmikin endi “Elche”?!

gettyimages-2291195774-2048x2048.jpg

67. GOL! Rafinyadan dubl! Gordonning erlatib bergan uzatmasidan so'ng braziliyalik hujumchi darvozani ishg'ol qildi.

66. Sepedaning uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq bo'ldi.

63. Mezbonlar tarikibida biryo'la uchta o'zgarish amalga oshirilmoqda, nimadir o'zararmikin?!

53. Yamalning kuchli zarbasi noaniq bo'ldi.

52. Morentening kuchli zarbasi darvoza ustuniga tegib, maydonni tark etdi.

47. Hujum navbati “Barsa”da, bu safar Rafinyaning zarbasi kuchsiz chiqdi.

47. Nino yaxshi vaziyatga chiqib bordi, biroq darvozaga zarba bera olmadi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

45+6. Dastlabki bo'lim yakunlandi.

45+4. Ushbu bo'limda barchasi hal, endi mezbonlar tanaffusdan boshqacha holatda qaytishi kerak bo'ladi.

gettyimages-2291191770-2048x2048.jpg

45+3. GOL! Adeyemi hisobni oshirdi! Rafinyaning uzatmasidan keyin Karim to'pni darvoazaga kiritdi.

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

45. Gavi jarohat oldi, o'rniga Pedri maydonga tushdi.

43. Adeyemining erlatib bergan uzatmasini bo'sh darvozaga kiritib qo'yadigan futbolchi topilmadi.

42. To'p nazoratida ustunlik mezbonlarda, bu “Barsa”ga qarshi o'yinlarda juda kamchilik jamoalarda bo'ladi.

35. “Elche” qator hujumlar tashkil etmoqda, ammo yakun bo'lmayapti. Hozir ham Xuari qulay vaziyatdan darvoza tomon zarba bera olmadi.

30. Futbolchilar tomoqlarini xo'llab olishlari uchun qisqa tanaffus e'lon qilindi.

24. Nino darvozabon bilan birga-bir chiqib bordi, ammo yakuniy zarbani bera olmadi…

18. “Elche” futbolchisining bosh bilan bergan zarbasi noaniq bo'ldi.

15. Tezkor gol urildi, endi buyog'iga maydon egalari faollashishi kerak yanada.

gettyimages-2291189843-2048x2048.jpg

14. GOL! Rafinya hisobni ochdi! Braziliyalik hujumchi penaltini aniq amalga oshirdi.

13. Penalti, “Elche” darvozasi tomon! Rafinya jarima maydonchasi ichida yiqitildi.

6. Yamal juda yaxshi vaziyatga chiqib borib trivella uslubda zarba berdi, ammo noaniq bo'ldi.

5. O'yin faol boshlandi, ikki jamoa ham to'p nazoratini o'ziga olishga harakat qilmoqda. Maydon egalari hozircha bu borada faol.

1. O'yin boshlandi.

Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni Ispaniya La Ligasi 2-tur doirasidagi "Elche" - "Barselona" uchrashuvining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!

Ўхшаш янгиликлар