"Barsa" Luis Suares uchun 80 million evro to'lash niyatida emas. "Sporting" hujumchini bundan arzonroq sotmaydi

  • Mr.NoBoDy 16.08.2026 15:16
  • 324
  • 30

"Barselona" "Sporting"ning Luis Suares Charris transferi bo'yicha talablarini qondirmaydi.

Avvalroq, Kataloniya klubi "Atletiko" bilan Xulian Alvaresning transferi bo'yicha kelisha olmasa, kolumbiyalik hujumchi nomzodini ko'rib chiqishi mumkinligi xabar qilingandi. Portugaliyaliklar futbolchini 80 million evrodan arzonroqqa qo'yib yubormoqchi emas. 

Fabricio Romanoning xabar berishicha, "blaugrana" hujumchi shartnomasida ko'rsatilgan tovon puli bandini faollashtirmaydi. "Sporting" chegirmalar qilmaydi va Suaresning jamoada qolishini kutmoqda.

Ўхшаш янгиликлар