Yevropa assotsiatsiyalari FIFAga boykot e'lon qilishi mumkin

  • Mr.NoBoDy 29.07.2026 01:48
  • 2382
  • 30

Yevropa FIFA turnir huquqlarining bir qismini sotsa, JCHni boykot qilishi mumkin.

Yevropa assotsiatsiyalari FIFAning jahon chempionati huquqlarining bir qismini tashqi investorlarga sotish rejalaridan norozi. Sky News xabariga ko'ra, federatsiyalar shu hafta favqulodda yig'ilish o'tkazishni rejalashtirmoqda. Ular Xalqaro futbol federatsiyasi prezidenti Janni Infantino o'z rejasini amalga oshirishda davom etsa, JCHni boykot qilish imkoniyatini muhokama qilmoqda. Avvalroq Angliya futbol assotsiatsiyasi FIFAning bu rejasidan umuman xabari yo'qligi xabar qilingandi.

Ўхшаш янгиликлар