Desham Ispaniya bilan o'yin oldidan Mbappening holati haqida gapirdi

  • Mr.NoBoDy 14.07.2026 08:40
  • 183
  • 30

Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham JCH-2026 1/2 finali doirasida Ispaniyaga qarshi bahs oldidan jamoa yulduzi Kilian Mbappening holati haqida fikr bildirdi.

"Kilian yaxshi holatda. 100 foizdan ortiq tayyor bo'lish imkonsiz, lekin ha, u mutlaqo sog'lom. Kunduzi sodir bo'lgan voqeani [Mbappe alohida mashg'ulot o'tkazganini] nazarda tutyapsizmi? U ham boshqalar qatori mashg'ulot paytida 20 daqiqa o'rniga 10 daqiqa o'ynash huquqiga ega", - deya Deshamning so'zlarini keltiradi "RMC Sport".

Mbappe jahon chempionatining hozirgacha bo'lgan barcha 6 ta uchrashuvida ishtirok etdi. Uning hisobida 8 ta gol va 1 ta golli uzatma bor.

Ўхшаш янгиликлар