Keyn Angliyaning JCH-2026 yarim finaliga chiqqanidan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda post qoldirdi (foto)

  • Mr.NoBoDy 12.07.2026 17:55
  • 95
  • 30

Angliya terma jamoasi hujumchisi Xarri Keyn jahon chempionati 1/4 finalidan o‘rin olgan Norvegiyaga qarshi o‘yindan (2:1) so‘ng muxlislar bilan tushgan suratlarini o‘z sahifasiga joyladi.

«Biz bu yo‘lda birgamiz», — deb yozdi Keyn ijtimoiy tarmoqlarda.

Keyn ayni damgacha musobaqa doirasidagi Angliya terma jamoasining barcha o‘yinlarida maydonga tushib, jami 564 daqiqa harakat qildi. U hisobiga 6 ta gol va 1 ta golli uzatmani yozib qo‘ygan. JCH-2026 yarim finalida Angliya amaldagi chempion — Argentina terma jamoasi bilan to‘qnash keladi.

Ўхшаш янгиликлар