Infantino Tramp nega JCH o‘yinlariga kelmayotganini tushuntirdi

  • Mr.NoBoDy 12.07.2026 15:55
  • 69
  • 30

FIFA prezidenti Janni Infantino AQSH prezidenti Donald Trampning hozirgacha JCH–2026 uchrashuvlariga stadiondan tashrif buyurmaganiga izoh berdi.

“Ha, biz muntazam aloqadamiz. Deyarli har kuni gaplashamiz. U turnirdan mamnun va undan katta zavq olyapti. Barcha o‘yinlarni televizor orqali kuzatmoqda”.

— Nega u hali stadionga kelmadi? Bunga xavfsizlik masalalari sababmi?

“Yo‘q, yo‘q. Menimcha, uning boshqa muhim ishlari ham bor. Qolaversa, agar u stadionga kelsa, odamlar: “Dunyoda shuncha voqealar bo‘layotgan bir paytda u stadionda nima qilyapti?” degan savolni bera boshlaydi.

Men Tramp va uning ma’muriyati bilan doimiy aloqadaman. Nazarimda, ular jahon chempionatini tashkil etish bo‘yicha juda yaxshi ish olib bormoqda, — dedi Infantino.

Ўхшаш янгиликлар