Bellingem Angliya terma jamoasi o‘yinidan oldin onasi bergan maslahat haqida gapirib berdi

  • Mr.NoBoDy 12.07.2026 15:44
  • 477
  • 30

Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jud Bellingem Jahon chempionati — 2026 pley-off bosqichi o‘yinlari oldidan onasi unga qanday maslahatlar bergani bilan o‘rtoqlashdi. Eslatib o‘tamiz, Angliya chorak finalda Norvegiya terma jamoasini 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

«Onam butun hafta davomida sariq kartochka olib qolmasligim uchun gap-so‘zlarimga, podkatlarimga, yuz ifodam va his-tuyg‘ularimga ehtiyot bo‘lishimni uqtirdi», — deya Jud Bellingemning so‘zlarini keltiradi insayder Fabrisio Romano.

JCH-2026 yarim finalida Angliya terma jamoasi Argentinaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Atlantadagi «Mersedes-Bens Stedium»da bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tmoqda.

Ўхшаш янгиликлар