Franko Mastantuonoga yangi da'vogar paydo bo'ldi

  • Mr.NoBoDy 12.07.2026 15:32
  • 347
  • 30

"Real"ning argentinalik yarim himoyachisi Franko Mastantuono Turkiyaga ko'chib o'tishi mumkin.

Bu haqda Yakup Chinar yozmoqda.

Futbolchiga "Galatasaroy" da'vogarlik qilmoqda. Turklarning fikricha, Mastantuono o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun transferga rozi bo'lishi mumkin. Futbolchining "Real" bilan shartnomasi 2031 yilning yozigacha amal qiladi. Yarim himoyachining narxi 45 million evroni tashkil etadi (Transfermarkt ma'lumotlari).

Franko Mastantuono "Real" safida 35 ta o'yin o'tkazgan. Unda yarim himoyachi uchta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirgan.

Ўхшаш янгиликлар