Ibragimovich: «Angliya maydonda 10 kishi bo‘lib o‘ynadi»

  • Mr.NoBoDy 12.07.2026 15:11
  • 832
  • 30

«Barselona» va «PSJ» klublari sobiq hujumchisi Zlatan Ibragimovich JCH-2026 chorak finalidan o‘rin olgan Norvegiyaga qarshi bahsda Angliya terma jamoasi vingeri Noni Maduekening ko‘rsatgan o‘yinini keskin tanqid qildi. Futbolchi uchrashuvning birinchi bo‘limida harakat qildi va tanaffusda zaxiraga olindi.

«Birinchi bo‘limda inglizlar maydonda 10 kishi bo‘lib o‘ynashdi. Madueke maydonda edi, biroq to‘p bilan hamisha noto‘g‘ri qarorlar qabul qildi va piyoda yurdi. Bosh murabbiyning o‘rnida bo‘lganimda, men ham uni zahiraga olgan bo‘lardim. U maydonda mutlaqo hech narsa qilgani yo‘q», — deya shvedsiyalik sobiq futbolchining so‘zlarini keltiradi Fox Sports.

Eslatib o‘tamiz, Angliya Norvegiya ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Jahon chempionati yarim finalida Tomas Tuxel shogirdlari Argentina terma jamoasiga qarshi bahs olib borishadi. Ushbu uchrashuv 15 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Ўхшаш янгиликлар