Rays Angliyaning g‘alabasidan so‘ng Edegor haqida fikr bildirdi

  • Mr.NoBoDy 12.07.2026 15:11
  • 62
  • 30

Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Deklan Rays Norvegiya terma jamoasi sharafini himoya qiluvchi klubdoshi Martin Edegor haqida gapirdi. JCH-2026 chorak finali doirasidagi bahsda britanlar skandinaviyaliklar ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozonishgan edi.

«Biz boshqa-boshqa terma jamoalarda o‘ynasak ham, «Arsenal»da klubdoshmiz. Edegor — mening kapitanim. Bunday uchrashuvlarda yutqazish qanchalik alamli ekanini juda yaxshi bilaman. Bahs yakunlanganidan so‘ng uning oldiga borib, dalda berdim. Jamoadoshlar mana shunday yo‘l tutishlari kerak», — deya yarim himoyachining so‘zlarini keltiradi Arsenal News.

Yarim finalda Angliya terma jamoasi Argentinaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv chorshanba kuni, 15 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Ўхшаш янгиликлар