
Braziliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Romario JCH-2026 dan chiqib ketganidan so‘ng, italiyalik mutaxassis Karlo Anchelottini «selesao» bosh murabbiyligidan bo‘shatish tarafdori ekanini bildirdi.
«Men Anchelotti bilan shartnomani bekor qilgan bo‘lardim. Bunday natijadan keyin u jamoada qolmasligi kerak. Bu Braziliya terma jamoasi uchun haqiqiy sharmandalik. Bizga o‘zgarishlar kerak», — deya bayonot berdi afsonaviy hujumchi o‘zining Romario TV kanalida.
Eslatib o‘tamiz, Braziliya terma jamoasi Norvegiyadan mag‘lubiyatga uchrab (1:2), jahon chempionatini 1/8 final bosqichida tark etgan edi. E’tiborli jihati shundaki, «selesao» 1990 yildan beri ilk bor mundialning chorak finaliga chiqa olmadi.