Upamekano Mbappeni qo‘llab-quvvatlab chiqdi

  • Mr.NoBoDy 08.07.2026 12:55
  • 249
  • 30

Fransiya terma jamoasi markaziy himoyachisi Dayo Upamekano milliy jamoadagi yulduz sherigi Kilian Mbappeni qo‘llab-quvvatlab fikr bildirdi.

«Irqchilikka qarshi kurashni davom ettirishimiz kerak. Bunday narsalarga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Kilian, butun vaziyatga qaramay, bor e’tiborini turnirga qaratgan. Barchamiz uni to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz», - dedi himoyachi matbuot anjumani vaqtida.

Avvalroq Paragvay senatori JCH-2026 1/8 final bahsidan so‘ng Mbappe darvozabon Orlando Xil bilan qo‘l berib ko‘rishishni istamagani uchun uni tanqid qilgan edi. Fransiya Paragvayni 1:0 hisobida mag‘lub etib, mundialning chorak finaliga yo‘l olgandi.

Ўхшаш янгиликлар