Habib Nurmagomedov Argentina terma jamoasi haqida: "Ushbu chempionatda ular har bir o‘yinni fantastik tarzda o‘tkazishmoqda"

  • Mr.NoBoDy 08.07.2026 11:44
  • 73
  • 30

UFC sobiq chempioni Xabib Nurmagomedov futbol bo‘yicha jahon chempionatining 1/8 finalidan o‘rin olgan Argentina va Misr terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv (3:2) haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

79-daqiqagacha argentinaliklar 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lishayotgan edi, shundan so‘ng raqib darvozasini uch bor ishg‘ol etib, g‘alabani ilib ketishga muvaffaq bo‘lishdi. 39 yoshli Lionel Messi uchrashuvda bitta golli uzatmani amalga oshirdi va bitta gol urdi.

"Aytgandim-ku — bu jamoa haqiqatan ham iroda va ruhiyat evaziga o‘ynaydi. To‘g‘ri, ular menga yoqishmaydi, lekin tan olish kerak, ular individual emas, aynan jamoaviy futbol o‘ynashni bilishadi. Hatto Messining o‘sha goli ham. Zarba berishdan oldin to‘pni uning aynan oyog‘iga qanday qilib chiroyli tarzda yetkazib berishganiga e’tibor qarating, shunchaki sekinlashtirilgan takroriy lavhani tomosha qiling. Argentina muxlislarini tabriklayman, ushbu chempionatda ular har bir o‘yinni fantastik tarzda o‘tkazishmoqda", — deb yozdi Nurmagomedov ijtimoiy tarmoqlarda.

Ўхшаш янгиликлар