
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni JCH-2026 1/8 finali doirasida Misr terma jamoasi ustidan qozonilgan g‘alaba haqida fikr bildirdi.
Argentinaliklar 79-daqiqagacha 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lishayotgan edi, biroq hisobni tenglashtirib, g‘alabani ilib ketishga muvaffaq bo‘lishdi. Skaloni o‘yindan keyingi intervyu vaqtida ko‘z yoshlarini tiya olmay, suhbatni yarimida qoldirib ketdi.
«Misr — juda yaxshi jamoa, lekin butun o‘yin davomida tashabbus biz tomonda bo‘ldi deb his qilyapman. Mag‘lub bo‘lishning turli yo‘llari bor, ammo bu jamoa doimo oxirigacha kurashadi. Men hamisha hissiyotlarga beriluvchanman. Bunday tuyg‘ularni boshdan kechirish — aql bovar qilmas darajada ajoyib. Bugun bizni toblaydigan shunday sinovlardan biri bo‘ldi. Jamoamizning xarakteri shunday: ishlarimiz yomonlashganda, maydonda bor kuchimizni beramiz. Qaysidir pallada bizda imkoniyat paydo bo‘lishini va o‘yin taqdirini o‘zgartira olishimizni sezib turgandim», — deya Skalonining so‘zlaridan iqtibos keltiradi Argentina terma jamoasi matbuot xizmati.
Jahon chempionatining chorak finalida Argentina Shveysariyaga protiv maydonga tushadi. Uchrashuv 12 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 06:00 da boshlanadi.