Kanada terma jamoasi JCH-2026 uchun yakuniy qaydnomasini e’lon qildi

  • Mr.NoBoDy 30.05.2026 16:00
  • 554
  • 30

Kanada futbol assosiasiyasi o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qiladigan 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etuvchi 26 nafar futbolchidan iborat tarkibni e’lon qildi.

Darvozabonlar: Maksim Krepo («Orlando Siti»), Ouen Gudman («Kristal Pelas»), Deyn Sen Kler («Inter Mayami»).

Himoyachilar: Moyze Bombito («Nissa»), Derek Kornelius («Olimpik Marsel»), Alfonso Devis («Bavariya»), Lyuk De Fujerol («Fulxem»), Alister Djonston («Seltik»), Alfi Djons («Midlsbro»), Richi Lari («Toronto»), Niko Sigur («Xayduk Split»), Djoel Uoterman («Chikago Fayr»).

Yarim himoyachilar: Ali Axmed («Norvich Siti»), Teydjon Byukenen («Vilyarreal»), Matyo Shuanyer («Los-Andjeles»), Stefen Eushtakiu («Portu»), Marselo Flores («UANL Tigres»), Ismael Kone («Sassuolo»), Liam Millar («Xall Siti»), Xonatan Osorio («Toronto»), Natan-Dilan Saliba («Anderlext»), Djeykob Shaffelburg («Los-Andjeles»).

Hujumchilar: Djonatan Devid («Yuventus»), Promis Devid («Yunion Sent-Jillua»), Kayl Larin («Malyorka»), Tani Oluvaseyi («Vilyarreal»).

JCH-2026 guruh bosqichida Kanada terma jamoasi "B" guruhida Bosniya va Gersegovina, Qatar hamda Shveysariya jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar