"Real Madrid" qatorasiga beshinchi yil ushbu natijaga erishdi

  • Mr.NoBoDy 30.05.2026 08:56
  • 71
  • 30

Amerikaning nufuzli "Forbes" ishbilarmonlik jurnali 2026 yildagi dunyoning eng qimmat futbol klublari reytingini e'lon qildi.

Ro'yxatda Ispaniyaning "Real Madrid" klubi 9,5 milliard dollar qiymat bilan yetakchilik qilmoqda. Qayd etish lozimki, "Qirollik klubi" ketma-ket beshinchi yil reytingning 1-pog'onasini band etib kelmoqda.

Ikkinchi o'rinni Ispaniyaning "Barselona" klubi (7,5 mlrd dollar), uchinchi o'rinni esa Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi (7,2 mlrd dollar) egalladi.

Shuningdek, kuchli o'nlikdan Angliyaning "Liverpul" (6,2 mlrd), Fransiyaning PSJ (5,8 mlrd), Germaniyaning "Bavariya" (5,7 mlrd), Angliyaning "Manchester Siti" (5,5 mlrd), "Arsenal" (5,4 mlrd), "Chelsi" (4,2 mlrd) va "Tottenxem" (3 mlrd) klublari joy olgan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar