
– O'yin haqida
– Guruh bosqichi yakunlandi. Vazifa uddalandi, yigitlarga va muxlislarga rahmat.
– Bugun "Andijon" safida bir necha yosh futbolchilar maydonga tushishdi, shular orasidan sizga o'yini yoqqani kim bo'ldi?
– Hamma harakat qildi. Aynan kimnidir ajratib bo'lmaydi. Hali ishlashlari lozim. Shu kabi o'yinlar orqali ularni asosiy tarkibga tayyorlab boramiz.
– Orada tanaffus katta, tanaffus paytida jamoamizning kuchayishi kerak bo'lgan nuqtasi qaysi deb o'ylaysiz?
– Tayyorgarlik qishki va yozgi bo'ladi. Yozgi tanaffus paytida jismoniy holatga e'tibor beramiz. Hujumlarni, himoyani rivojlantiramiz. Ishimiz ko'p.
– Asosiy darvozabonni qaydnomaga kiritilmaganiga sabab nima?
– Bizda uchta darvozabon bor. Ularning uchchaloviga ham bittadan o'yin amaliyoti berishni maqsad qilgandik. Rustamjonov yosh, hali o'sadi, shu sababli unga ham o'yin amaliyoti berishimiz lozim edi.
– "Nasaf"ni natijasini ham kuzatib turdingizmi?
– Yordamchilarim kuzatib turishdi. Andijon xalqi uchun, pley-offdagi o'yinni uyda o'tkazish uchun birinchi o'rin uchun bor kuchimizni ishga soldik va bunga erishdik.
– Tanaffus bo'ladi, jamoamizning rejasi qanday?
– Asosan o'z qarorgohimizda bo'lamiz. Keyin o'yin amaliyoti uchun reja tuzmoqdamiz. Boshqa davlatga borish va o'yin o'tkazish maqsadimiz bor.