Holand: "Mavsum notekis o'tdi, ammo "Manchester Siti" oldinga intilishda davom etadi"

  • Mr.NoBoDy 26.05.2026 13:24
  • 978
  • 30

"Manchester Siti" hujumchisi Erling Holand jamoaning 2025/26 yilgi mavsumdagi natijasiga baho berdi.

"Mavsum notekis o'tdi, lekin biz eng katta sovrinlarni qo'lga kiritish uchun oldinga intilishda davom etamiz. Biz aynan shuni istaymiz va hammasida g'alaba uchun kurashamiz. Bernardu Silva va Jon Stounz bilan o'ynash va Pep Gvardiola bilan ishlash yoqimli edi.

Bu ajoyib sayohat bo'ldi, lekin biz ularsiz ham oldinga intilishda va kurashishda davom etishimiz kerak. Endi ularni munosib ravishda kuzatib qo'yish vaqti keldi, ular klubning haqiqiy afsonalari", – dedi 25 yoshli norvegiyalik.

"Manchester Siti" 38 o'yindan so'ng 78 ochko bilan Angliya chempionatida 2-o'rinni egalladi. "Arsenal" (85 ochko) bilan ligada g'olib chiqdi. Holand 27 ta gol bilan Premer-liganing eng yaxshi to'purari bo'ldi.

Ўхшаш янгиликлар