Gattuzo Sarri o'rniga "Lacio" bosh murabbiyi etib tayinlanadi

  • Mr.NoBoDy 26.05.2026 12:32
  • 65
  • 30

Insayder Fabricio Romanoning so'zlariga ko'ra, Italiya terma jamoasi sobiq murabbiyi Jennaro Gattuzo "Lacio"da, Mauricio Sarri esa "Atalanta"da ishlaydi.

Gattuzo yaqin kunlarda "Lacio" bosh murabbiyiga aylanadi. 48 yoshli mutaxassis Italiya terma jamoasini 2025 yilning iyunidan 2026 yilning apreligacha boshqargan. U 2026 yilgi Jahon chempionatiga chiqa olmaganidan keyin iste'foga chiqdi.

2.jpg

"Lacio" bilan 2025/26 yilgi mavsumni 9-o'rinda yakunlagan 67 yoshli Sarri A Seriyada qoladi. U "Atalanta"da Raffaele Palladinoning o'rnini egallaydi. Bergamo jamoasi Italiya chempionatida 7-o'rinni egalladi.

"Lacio" va "Atalanta" 2026/27 yilgi mavsum evrokuboklarda ishtirok etmaydi.

Ўхшаш янгиликлар