Flikning "Barselona" himoyachisiga bo'lgan ishonchi so'ndi

  • Mr.NoBoDy 25.05.2026 17:16
  • 72
  • 30

O'ng qanot himoyachisi Jyul Kundening "Barselona"dan ketishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar avj olishda davom etmoqda.

"Ko'k-anorranglilar" bosh murabbiyi Xans-Diter Flikning francuz futbolchisidan hafsalasi pir bo'lgan, chunki o'ng qanot himoyasida ko'proq boshqa futbolchilar o'ynamoqda. Jurnalist Alfredo Martinesning so'zlariga ko'ra, oldingi mavsumlardagi barqaror o'yinlariga qaramay, 27 yoshli futbolchi kelasi yozda sotuvga qo'yilishi mumkin, chunki unga ingliz klublari tomonidan jiddiy qiziqish mavjud.

2.jpg

Agar kataloniyaliklar Joau Kanseluni saqlab qolishga muvaffaq bo'lsa, Kundening ketishi ehtimoli yanada yuqori bo'ladi.

Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, Jyul Kundening transfer qiymati 65 million evroga baholanmoqda.

Ўхшаш янгиликлар