"Liverpul" Klopp bilan aloqada

  • Mr.NoBoDy 25.05.2026 18:08
  • 366
  • 30

Britaniyaning “The Sun“ tabloid nashrining xabar berishicha, “Liverpul” Yurgen Klopp bilan muloqotda bo'lib turibdi.

Klub egasi Jon Genri nemis murabbiyi hozirda istiqomat qilayotgan Malorkaga uchib borgan.

Biroq ushbu uchrashuvdan ko'zlangan asosiy maqsad noma'lum. Muzokaralar Kloppning jamoaga qaytishi xususida bo'lganmi yoki 2024 yilda uning tavsiyasiga ko'ra tayinlangan bosh murabbiy Arne Slot masalasidami, bu haqda aniq ma'lumot yo'q.

Yana bir qiziqarli ssenariy: jamoa ruliga Andoni Iraola kelishi mumkin. Ispaniyalik mutaxassis "Bornmut"dagi ajoyib natijalaridan so'ng grand klublar e'tiboriga tushdi va o'z narxini ancha ko'tarib oldi.

Ўхшаш янгиликлар