Ispaniya termasi tarixda ilk bor «Real» vakillarisiz mundialga yo‘l oldi

  • Mr.NoBoDy 25.05.2026 17:00
  • 124
  • 30

«Real» tarixiy antirekordni qayd etdi: jamoa ilk bor Jahon chempionatida Ispaniya terma jamoasi vakilisiz qoldi.

Luis de la Fuente JCH-2026 uchun e’lon qilingan yakuniy tarkibdan «qirollik klubi»ning birorta ham futbolchisini joy olmadi. Bungacha Ispaniya ishtirok etgan barcha 16 ta mundialda «Real» o‘yinchilari doimiy ravishda chaqirib kelingandi.

Ma’lumot uchun, «Real» futbolchilari Ispaniya terma jamoasiga chaqirilmagan yagona yirik turnir — 2020 yilgi Yevropa chempionati bo‘lgan (o‘shanda jamoani Luis Enrike boshqargan). Bundan tashqari, uzoq tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, shunga o‘xshash yagona holat 1920 yilgi Antverpen Olimpiya o‘yinlarida kuzatilgan edi.

Ўхшаш янгиликлар