Sergey Chigodaev: "Futbolchilarni ayblamoqchi emasman"

  • Mr.NoBoDy 20.05.2026 13:48
  • 383
  • 30

O'zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Sergey Chigodaev Yaponiyaga qarshi kechgan Osiyo Kubogi bahsidan (1:1, penaltilar seriyasi 2:3) so'ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.



“Qiyin o'yin bo'ldi. Butun uchrashuv davomida shuncha harakat qilib, aynan so'nggi daqiqada gol o'tkazib yuborganimizdan juda afsusdamiz. Lekin futbolchilarga harakatlari uchun minnatdorchilik bildiraman. Ular juda yosh, maydonda bor kuchini ishga solishdi va qiyin vaziyatda haqiqiy iroda namoyish etishdi. Tanaffusda taktik o'zgarishlar qilmadim va futbolchilarni ayblamoqchi emasman.

Barcha futbolchilarimiz yaxshi harakat qilishdi, biroq juda keskin kechgan turnirdan so'ng ular charchab, toliqib qolishgan edi. Bizda yosh iqtidorlar ko'p, ayniqsa, Ravshanbekovni ajoyib kelajak kutmoqda. U muhim vaziyatlarda o'z mahorati va matonatini ko'rsata oldi”.

Ўхшаш янгиликлар