“Real” Endrik bo'yicha “Arsenal” va “Chelsi”ga javob berdi

  • Mr.NoBoDy 07.05.2026 00:24
  • 2387
  • 30

Angliyaning "Arsenal" va "Chelsi" klublari 19 yoshli braziliyalik hujumchi Endrikni sotib olish taklifiga "Real"dan javob oldi.

Madridliklar APL klublarining takliflarini rad etib, Endrik bu yozda sotilmasligini bildirgan. "Real" braziliyalikni ijara muddati tugagandan so'ng qaytarmoqchi, Endrikning o'zi esa asosiy tarkibdan joy olish uchun kurashmoqchi.

Endrik Fransiyaning "Lion" klubida barcha musobaqalarda 19 ta o'yin o'tkazdi. Hujumchi 8 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ўхшаш янгиликлар