"Barselona" PSJ hujumchisini sotib olishi mumkin

  • Mr.NoBoDy 06.05.2026 09:48
  • 753
  • 30

"Barselona" "Chelsi" Joao Pedroni sotmasligini ma'lum qilganidan so'ng PSJ hujumchisi Gonsalu Ramushni potencial transferlar ro'yxatiga qo'shdi.

Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, francuz klubi 24 yoshli futbolchini qo'yib yuborishga tayyor, chunki u zaxirada o'tirishdan norozi. "Barselona" portugaliyalik hujumchini sotib olish uchun "Chelsi" bilan raqobatlashishi mumkin.

Joriy mavsumda Ramush barcha turnirlarda 41 o'yinda 12 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi. Uning klub bilan shartnomasi 2028 yil yozigacha. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 35 million evro.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar