
Futbolchiga Saudiya Arabistoni klublari qiziqish bildirmoqda. Manbaning takidlashicha, gap-so'zlarda "hayratlanarli miqdorlar" mavjud.
Bunday takliflar fonida kataloniyaliklar Rafinyani sotish imkoniyatini jiddiy ko'rib chiqmoqda. Transfermarkt futbolchining narxini 80 million evroga baholamoqda.
Rafinya joriy mavsum "Barselona" safida 31 ta o'yin o'tkazdi. Ularda vinger 19 ta gol urdi va sakkizta golli uzatmani amalga oshirdi.