Daniel Svensson - "Arsenal" va "Liverpul"ning transfer maqsadi

  • Mr.NoBoDy 02.05.2026 15:16
  • 161
  • 30

Angliyaning "Arsenal" va "Liverpul” klublari 24 yoshli shvetsiyalik himoyachi Daniel Svenssonning transferiga qiziqish bildirmoqda.

Kelgusi yozda futbolchining transfer narxi 35 million evroni tashkil etishi mumkin. Hozirda himoyachi Dortmundning "Borussiya" jamoasida o'ynaydi.

"Liverpul” Svenssonni yozda klubni tark etishga qaror qilgan Endryu Robertsonga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. "Arsenal" ham mudofaa chizig'ini kuchaytirishga umid qilmoqda.

Ўхшаш янгиликлар