"Liverpul" "MYU" bilan "Real"ning 80-90 million evrolik o'yinchisi uchun raqobatlashishi mumkin

  • Mr.NoBoDy 01.05.2026 11:08
  • 435
  • 30

"Liverpul" va "Manchester Yunayted" "Real" yarim himoyachisi Orelen Chuameniga qiziqish bildirishmoqda.

Agar "qirol klubi"ning yangi bosh murabbiyi potencial ravishda Chuamenini sotishga qaror qilsa, ikkala klub ham 26 yoshli futbolchiga bo'lgan qiziqishini kuchaytirishi mumkin. Bu haqda Caught Offside xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, francuz yarim himoyachining amaldagi shartnomasi yana ikki yilga mo'ljallanganligi sababli, unga qiziqqan klublar taxminan 80-90 million evro to'lashi kerak bo'ladi. "Real" rahbariyati Chuameni bilan shartnomani 2031-yilgacha uzaytirishni rejalashtirmoqda.

Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalarda 45 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 75 million evro.

Ўхшаш янгиликлар