
"Qizil iblislar" portugaliyalik vinger uchun o'zining hujumchilari Joshua Zirkzee va Markus Reshford hamda yarim himoyachi Manuel Ugarteni kelishuvga qo'shishga tayyor. Bu haqda TEAMtalk jurnalist Karlo Pellegattining YouTube-kanaliga tayanib xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, bu uch o'yinchining hammasi ham kelishuvda ishtirok etishi dargumon, ammo "Milan"ga ularning qaysi birini tanlash imkoniyati berilishi mumkin. Agar Zirkzee kelishuvga kiritilsa, mankunianlar qo'shimcha ravishda taxminan 20 million evro to'lashi mumkin.
Reshford 40 million evroga baholanmoqda, shuning uchun "Manchester Yunayted" "rossonerilar"ga ko'p pul to'lamaydi. Biroq uning yillik maoshi 10 million evroni tashkil qiladi - "Milan" bu summaga rozi bo'lishi dargumon.
Joriy mavsumda Leau barcha musobaqalarda 28 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha.