Donald Tramp Eronning JCHdagi ishtiroki haqida: «Infantino shunday degan bo‘lsa, men qarshi emasman»

  • Mr.NoBoDy 01.05.2026 06:22
  • 647
  • 30

AQSH prezidenti Donald Tramp Eron terma jamoasining 2026 yil 11 iyun kuni start oladigan jahon chempionatida ishtirok etishiga qarshi emasligini bildirdi.

Oq uyda jurnalistlardan biri Trampdan FIFA prezidenti Janni Infantinoning Eron milliy jamoasi mundialda qatnashishi haqidagi so‘zlariga izoh berishni so‘radi. AQSH rahbari bunga javoban: «Agar Janni shunday degan bo‘lsa, men qarshi emasman», — dedi.

Jahon chempionatining guruh bosqichida Eron ikki uchrashuvni Los-Anjelesda o‘tkazadi. Yana bir o‘yin Sietl shahrida bo‘lib o‘tadi. Eron bir guruhda Yangi Zelandiya (15 iyun), Belgiya (21 iyun) va Misr (26 iyun) terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Ўхшаш янгиликлар