Adidas’dan inqilob: Jahon chempionati uchun tarixdagi eng yengil butsalar taqdim etildi (foto)

  • Mr.NoBoDy 30.04.2026 16:55
  • 247
  • 30

Adidas kompaniyasi 2026 yilgi jahon chempionati uchun yangi butsalarini taqdim etdi.

«Maksimal tezlashuv uchun yaratilgan. Jahon chempionati uchun chiqarilgan Adidas tarixidagi eng yengil — F50 HYPERFAST EVO butsalarini o‘z ichiga olgan F50 Too Light to‘plamini kutib oling», — deyiladi brendning X (Tvitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, JCH-2026 shu yilning 11 iyunidan 19 iyuliga qadar AQSH, Kanada va Meksika stadionlarida bo‘lib o‘tadi.

Ўхшаш янгиликлар