
Liga klublarning o'z maydoni yoki unga yaqin hududda uchrashuv o'tkazishi jamoa va muxlislar uchun qulayligini anglasa-da, Superliga bahslarini tegishli reglament va yo'riqnomalar talablariga javob beradigan stadionlarda oֹ'tkazilishini taminlashni o'zining birlamchi vazifalaridan deb biladi.
“So'g'diyona” klubi o'z uy uchrashuvlarini o'tkazadigan Jizzaxdagi markaziy stadion hozirda kapital ta'mirdan chiqarilmoqda. O'tgan yil yakunida klub asosiy stadionini rekonstrukciya qilish ishlari boshlanganligi sababli, Liga istisno tariqasida “So'g'diyonaga” mavsumning so'nggi ikki turini Zomindagi stadionda o'tkazishga ruxsat bergan edi.
Jizzax shahridagi stadion ta'mirlana boshlaganidan so'ng klub “Zomin” stadionini Superliga talablariga moslashtirish ishlarini boshladi. O'tgan davr mobaynida stadion chimi etarli darajada parvarish qilinib, Superliga standartlariga keltirildi. Bundan tashqari, stadionga yoritish tizimi o'rnatildi. Hozirda esa VAR tizimini joriy etish ishlari yakuniy bosqichga yetib kelgan.
Olmaliq sport majmuasidagi maydon chimi esa o'tgan mavsum oxiriga kelib futbol o'ynash uchun yaroqsiz holatga kelib qolgan edi. OKMK klubi mavsum yakunlangach, o'z uy stadionidagi maydon holatini yaxshilash ishlarini boshladi. Biroq joriy mavsum boshlanishiga qadar maydon uchrashuvlarni qabul qilishga tayyor holatga keltirilmadi.
Shu sababli, mavsumning 7-turigacha OKMK o'z uy o'yinlarini Olimpiya shaharchasidagi stadionda o'tkazdi. Aprel oyi boshida Liga ishchi guruhi Olmaliq stadionini ko'zdan kechirib, maydon holati belgilangan talab darajasiga keltirilganiga guvoh bo'ldi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, OKMK va So'g'diyona klublari 8-tur doirasidan o'rin olgan uchrashuvlarni mos ravishda Olmaliq va Zomindagi stadionlarda o'tkazadi.