Ekspert minbari. Zohir Pirimov Superliganing bugungi uchrashuvlari haqida qanday fikrda?

  • Mr.NoBoDy 14.04.2026 13:24
  • 229
  • 30

Bugun Superliganing 7-tur bahslari davom etadi.

Oldindagi o'yinlar oldidan sobiq futbolchi Zohir Pirimov fikrlarini bildirdi.

18:00. “Xorazm” – “Qo'qon-1912”

“Xorazm”ning imkoniyati yuqori deb o'ylayman, chunki Xorazmdagi o'yinlarda hech bir jamoaga oson bo'lmayapti. Jamoa kurashuvchan yoshlarga tayanib o'ynamoqda.

20:15. “Bunyodkor” – “Neftchi”

“Bunyodkor”ga barqarorlik yetishmayapti, balki bu ichki muammolar bilan bog'liqdir. “Neftchi” esa o'tgan turdagi mag'ubiyatdan keyin bor resurslarini ishga solishiga shubha yo'q. Bu o'yin qiziqarli va hujumlarga boy tarzda o'tadi.

Ўхшаш янгиликлар