Vadim Abramov: "Buxoro" jamoasida g'alabaga ishtiyoq ko'proq ko'rindi"

  • Mr.NoBoDy 19.03.2026 21:56
  • 575
  • 30

Superliga 4-turdan o'rin olgan "Buxoro" - "Dinamo" (3:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida samarqandliklar bosh murabbiyi Vadim Abramov ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?
- Raqibni g'alaba bilan tabriklayman. "Buxoro" jamoasida g'alabaga ishtiyoq ko'proq ko'rindi. Bizga shu narsa etishmadi. Biz erta qo'l ko'tardik, bu esa mag'lubiyatga olib keldi.

- "Nasaf" bilan o'yindan so'ng Ro'ziqul Berdievga "Dinamo" haqida savol berganimda, "Dinamo" asosan 70 daqiqa futbol o'ynayapti degan javobni olgandim. O'shanda "Nasaf" o'yin oxirida gol urib bir ochkoni qo'lga kiritdi. Bu haqda o'zingiz nima deya olasiz? Ikkinchi savolim, Jahongir O'rozov terma jamoaga nomzod futbolchi hisoblanadi, lekin bugun umuman o'z o'yinini ko'rsata olmadi. Ko'plab noto'g'ri paslar berdi.
- Hozir bu savollarga javob berish men uchun qiyin. O'zingiz javobini berib bo'ldingiz. Keyingi savolga o'taylik.

- O'tgan yil "Dinamo" misolida o'zbek futbolida chiroyli o'yin namoyish etadigan jamoani ko'rgandik. Bu yil shunday jamoa yo'q bo'lib boryapti.
- Bu savolga ham javob berish oson emas. O'zingiz ko'rdingiz, o'yinga o'zimizni baxsh etish etishmadi. Men har doim futbolchilar oldiga borib baqira olmayman. Necha daqiqa futbol o'ynaganimizni ham aniq ayta olmayman.

- Jamoangiz bir qarasa yaxshi, bir qarasa yomon o'ynayapti.
- Ikkita golni o'tkazib yuborganimiz qattiq tasir qildi. Bunaqa gollarni o'tkazmaslik kerak edi. O'yinni boshqatdan ko'rib tahlil qilishga to'g'ri keladi. Sabablarini qidiramiz.

- O'yindan oldin maydon holati bilan bog'liq muaamo duch kelganingizni aytdingiz.
- O'ylashimcha, bu maydonda futbol o'ynashga boshqa ruxsat berishmasa kerak. Bu haqda ortiq gapirishni xohlamayman.

- Futbolchilarda nima uchun ishtiyoq yo'qligini bilamiz. Nima sababdan homiylar jamoaga etibor bermay qo'ydi? Bu g'alati emasmi?
- Men ham futbolchilar oldida rahbar-murabbiyman. Xo'sh, bu o'rinda ularga nima deyishim kerak.? Mana siz ayting. Ertaga bayram, bayram oldidan hammaga gapirib kayfiyatni tushirishim kerakmi? Bu bilan nimadir o'zgaradimi? Futbolchilarga etirozim yo'q. Ular ham oilasini o'ylayapti. Ularning oilasini kim boqadi? Savollar bor, javobi esa tubsizlik.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar